Efiopiya prezidenti ilk bor ayol kişi böldi. Mamlakat parlamenti bu lavozimga Saxle-Vork Zevdeni sayladi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, prezident etib saylangan Saxle-Vork Zevde tajribali diplomat hisoblanadi, köp yillar davomida BMTda işlagan. BMTning Nayrobidagi bölimining birinçi boş direktori, yaqin vaqtgaça esa BMT boş kotibining Afrika ittifoqidagi maxsus vakili bölgan.

Zevde prezident lavozimida öz e'tiborini oxirgi oylarda bir neçta etnik ixtiloflar davom etayotgan Efiopiyada tinçlikka erişiş uçun barça tomonlarni birlaştirişga qaratişini aytgan.