Özbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi taşkil etiladi.
Hujjatda aytilişiça, mazkur qaror yetakçi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilmiy-diagnostik, ta'lim va işlab çiqarişga oid innovatsiyalarni rivojlantiriş, allergik kasalliklarni diagnostika qiliş va davolaşning molekulyar va boşqa ilğor usullarini tatbiq qiliş hamda körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş maqsadida qabul qilindi.
Xalqaro markaz faoliyatining asosiy vazifa va yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
- ultrazamonaviy biologik mikroçiplarni qöllaş orqali allergik kasalliklarni diagnostika qiliş sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantiriş, şuningdek, şu kabi kasalliklarni davolaş va profilaktika qiliş;
- allergik kasallik şuningdek, şoşilinç ma'lumotlarni öz içiga oluvçi "allergik pasport" yaratiş;
- allergen ösimliklar gulçangining aerobiologik monitoringini va çanglatiş prognozini aniqlaş, kelrysida bu haqida aholini xabardor qiliş, allergenli ösimliklarning gullaş taqvimini yaratiş;
- oziq-ovqat mahsulotlarini tamğalaşni anafilaktik reaksiya rivojlaniş xavfi mavjudligini inobatga olgan holda jahon standartlariga moslaştiriş va ularni oziq-ovqat sanoatiga bosqiçma-bosqiç joriy etiş;
- molekulyar allergologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar ötkazilişini taşkil etiş va tadqiqotlarni amalga oşirilişida kömaklaşiş;
- molekulyar allergologiya böyiça vraçlar malakasini oşiriş öquv dasturlarini va uslubiy adabiyotlarni işlab çiqiş;
- molekulyar allergologiya sohasida mutaxassislarni şartnoma asosida malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş;
- molekulyar allergologiya sohasida faoliyat yuritayotgan yoş olimlar va xorijlik ekspertlarni hamkorlikka jalb qiliş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
- xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik şakllarini rivojlantirişda iştirok etiş, jumladan, molekulyar allergologiyani rivojlantiriş uçun jamğarmalar va xalqaro dasturlar grantlarini jalb qiliş orqali xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş.
Xalqaro markaz öziga yuklatilgan vazifalarni bajarişda Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi, Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti va boşqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.











