Prezident Şavkat Mirziyoyev «Amilov» qandolat mahsulotlari işlab çiqariş fabrikasini borib kördi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Umumiy qiymati 62 million dollar bölgan uşbu korxona poytaxtdagi sobiq «Lak-böyoq» zavodi örnida taşkil qilingan. Zavod binosi rekonstruksiya qilinib, joriy yil 5 oktabrda işga tuşirilgan. Germaniya, Şveytsariya, Italiya, Avstriya, Gollandiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib örnatilgan. Qariyb 830 kişi doimiy iş bilan ta'minlangan, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda şokolad, konfet, peçene, vafli kabi 60 turdagi mahsulot işlab çiqarilmoqda.
Davlat rahbari fabrikaning işlab çiqariş quvvatini kengaytiriş, bunday korxonalarni köpaytirib, raqobatni rivojlantiriş, import bölayotgan boşqa mahsulotlarni ham mahalliylaştiriş böyiça topşiriqlar berdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yunusobodda «Business city» qurilişi xabar qilingandi.












