Prezident: «Maktabgacha ta'limga katta e'tibor berilyapti va bu hali boshlanishi»
Yunusobod tumani Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta'lim muassasasi joriy yilda rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ta'mirlandi. Mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlar bilan jihozlandi. Oshxona va sport zali yangidan qurildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda muassasada 375 ta bola ta'lim-tarbiya olmoqda.
Prezident bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.
Biz uchun birinchi o‘rinda bolalarimizning ma'naviyati, bilimi, sog‘ligi. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta'limga katta e'tibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar namoyish etildi. Davlat rahbari bu boradagi takliflarni ma'qullab, xususiy sherikchilik asosida yangi bog‘chalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta'kidladi.
Shu yerda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rahbarlari bilan videokonferensiya orqali muloqot qilindi.
Prezident bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishini ko‘zdan kechirgandi.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024