Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Yunusobod tumanini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zekspomarkaz»da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Unda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, 63 ta mahalladagi ijtimoiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
2019 yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mo‘ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo‘yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko‘rsatgan holda «yo‘l xarita»lari ishlab chiqish zarurligi ta'kidlandi.
Xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan obekt va yer maydonlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, byudjyetga tushumlarni ko‘paytirish va odamlarning daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, obektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev qandolat fabrikasiga borgandi.
Mavzuga oid
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025
29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi
13:19 / 16.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi
13:00 / 03.12.2025