«Barselona» sobiq boş murabbiyi, hozirda «Mançester Siti»ga ustozlik qilayotgan Xosep Gvardiola «el-klasiko» oldidan öz fikrlarini bildirar ekan, «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronalduning madridliklar safini tark etganiga alohida e'tibor qaratdi.

«Real» mavsumni yaxşi boşlagan edi. Hozir jamoa turğunlik holatiga tuşib qolgan, ammo ular oxir-oqibat baribir yöqotganlarini topib olişadi. «Real» Ronaldu bilan ham, usiz ham top-klubligiça qolaveradi. Ammo Kriştianu juda köp – bir mavsumda 50-60 talab gol kiritar edi. U darvozani işğol etiş bilan birga muhim vaziyatlarda samarali pas uzatişni ham bilardi. Uning örnini kim bilandir töldiriş imkonsiz.

Ispan futboli uzoq vaqt davomida Ronaldu va Messining faoliyatidan bahra olib yaşadi. Favqulodda iste'dodli bu öyinçilar mahalliy futbolning rivojiga katta turtki berişdi.

«El-klasiko» borasidagi taxminimga kelsak, derbida favoritlar bölmaydi. Ammo «Barselona» öz maydonida töp surayotganini hisobga oliş lozim, çunki bu omil doim ahamiyatga ega», - deb aytgan Gvardiolaning sözlaridan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

Eslatib ötamiz, «Barselona» - «Real» uçraşuvi ertaga, Toşkent vaqti bilan soat 20:15 da boşlanadi.