Ijtimoiy tarmoqlar va internet naşrlarida bot-bot muhokama qilinayotgan «Gazetaning kelajagi bormi?» degan savolga javob beriş vaqti yetdi. Unutmaslik kerakki, jamiyatda matbuotning örni heç qaçon yöqolmaydi, aksinça, yangi raqobatda u yanada toblanib, özining yangi qirralarini oçib, umrboqiyligini saqlab qoladi.
Internet tarmoqlari va onlayn naşrlar fonida matbuot «çalajon» bölayotir, degan xavotirning paydo bölişi ham internet va axborot vositalari (jumladan, bosma) örtasidagi öziga xos farqning aniqlaşmayotganidan dalolat beradi. Haqiqatan ham internet naşrlari matbuotning funksiyasini töliq bajarib, bosma naşrlarning tarixga aylanişiga asos böla oladimi? Yöq. Bu qat'iy javobning aniq misollari bor. Buning uçun biz avvalo, bosma va onlayn OAVning umumiyligi va öziga xosligini, afzaliyat va kamçiliklarini yaxşi tuşunib olişimiz kerak.
Internetning ommaviylaşgani hisobidan bosma OAV öquvçilari kamaydi, degan fikr ham u qadar töğri emas. Sababi «Internet paydo bölib, endi gazeta öqimay qoldim», degan insonni uçratmadim.
Bizning fikrimizça, matbuot, jumladan, gazetalar tirajining keskin kamayişi, ommalaşuv darajasining pasayişining önlab sabablari mavjud.
Jumladan, naşrlar öquvçilarining ehtiyoj va talablariga öz vaqtida e'tibor qaratmadi. Keyingi yillarda bosma naşrlarning haddan ziyod köpayib, saviya va darajasi tuşib ketdi. Jamiyatdagi muammoga OAVning munosabati sezilmadi, munosabat bildirilganda ham vaziyat özgarmadi. Va eng katta kamçiliklardan biri - matbuot tarqatuvçilar naşrlarni öz vaqtida öquvçilarga yetkazib bermagani hamda sohada yetuk va professional kadrlar yetişmasligi bilan boğliq.
Tan olib aytiş kerakki, endi bu kabi muammolarni hal etiş uçun zarur imkoniyat va şaroit yaratildi. Köplab naşrlar özi belgilagan qobiqdan çiqib, tanqidiy-tahliliy, munozarali maqolalarni e'lon qila boşladi. Xalqning fikri, muammoga mutasaddi rahbarning munosabati töğridan-töğri ommaga oşkor etilmoqda. Bularning barçasi yurtimizda söz erkinligi va oşkoralik prinsipining amal qilişi va OAVning bir qadar erkin faoliyat körsatayotganidan dalolatdir.
Ayniqsa, jamiyatdagi nuqsonlarni oşkora aytib, uni bartaraf etiş borasida qilinayotgan işlar, jumladan, majburiy mehnatga yöl qöymaslik inson huquqlarining mamlakatimizda ustuvor ekanligining isbotidir. Bu jarayonlarda xalq ta'limi tizimini isloh qiliş, öqituvçining jamiyatdagi mavqeini oşirişga oid çora-tadbirlar doirasida öqituvçilar maoşidan turli maqsadlarda, jumladan, gazeta va jurnallarga majburiy obuna, kommunal tölovlar, turli tadbirlar çiptalariga majburiy ravişda olib qoliş ham taqiqlanadi. Aniqroq qilib aytsak, endi majburiy obunaga barham berildi. Bu majburiy obuna umidida mudrab yotgan ba'zi muharrirlarni uyğotadigan qönğiroq böldi. Afsuski, bunga hamma tahririyat ham tayyor emas. Şuning uçun köplab bosma naşrlar öz faoliyatini tugatişi tabiiy. Biroq bu matbuot endi tarixda qoldi degani emas. Çunki gazetaçilikning hali yangi imkoniyatlari borki, undan oqilona foydalanişimiz zarur.











