Adliya vazirligi tizimida keyingi vaqtlarda röy bergan yangi tayinlovlar haqida vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lumot berdi.
Salauatdin Xudaybergenov — 2018 yil 15 oktabrdan Qoraqalpoğiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

S.Xudaybergenov 1995–1999 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, 1999–2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2006–2012 yillarda Vazirlar Mahkamasida mas'ul lavozimlarda, 2012–2015 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi adliya vaziri lavozimida, 2015 yildan lavozimga tayinlangunga qadar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati lavozimida işlab kelgan.
Uluğbek Maşaripoviç Maşaripov — 2018 yil 23 oktabrdan Qoraqalpoğiston Respublikasi adliya vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Nodavlat notijorat taşkilotlar boşqarmasi bölim boşliği lavozimidan ozod qilindi.

U.Maşaripov 2012 yildan buyon Adliya vazirligi tizimida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Behzod Rahmatilloyeviç Boliyev — 2018 yil 16 oktabrdan egallab turgan Jizzax viloyat adliya boşqarmasi boşliği lavozimidan Prezident Administratsiyasi sektor mudiri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan ozod qilindi.
Uluğbek Taxirjanoviç Ismatillayev — 2018 yil 28 avgustdan Namangan viloyat adliya boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

2004–2017 yillarda Namangan viloyat adliya boşqarmasida turli lavozimlarda bölim boşliği bölib işlagan. 2017 yildan lavozimga tayinlangunga qadar Majburiy ijro byurosining Namangan şahar bölimi boşliği örinbosari lavozimida işlagan.













