Angliyaning Lester şahridagi “King Pauer” futbol stadioni yonida “Lester” klubi prezidenti Vişay Şrivaddanaprabxaning vertolyoti falokatga uçradi.

Foto: PA

Sky News telekanalining xabar qilişiça, vertolyot parvoz qilgandan bir neça soniya ötib nazorat yöqotilgan va u qulaş vaqtida yonib ketgan. 

Foto: PA
Foto: LIAM HOPKIN

OAV ma'lumotlariga köra, vertolyotda Şrivaddanaprabxa ham bölgan. U bu vertolyotda öyinlardan keyin Lesterdan Londonga qaytgan. 

Voqea Angliya çempionatining 10-turidan örin olgan “Lester”-“ Vest Xem” öyinidan keyin sodir bölgan.

Voqea joyiga politsiya va avariya-qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Hozirça qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Şrivaddanaprabxa bojsiz savdo dökonlari tarmoği King Power Duty Free asosçisi va boş direktori hisoblanadi. U “Lester”ni 2011 yilda sotib olgan.