27 oktbyar kuni Toşkent şahrida Özbekiston Badminton federatsiyasi yangi markazining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda taniqli sportçilar, hukumat vakillari va jurnalistlar iştirok etdi.
Video: Tas-IX
Video: YouTube
Video: facebook
Tadbirni federatsiya raisi Aziz Abduhakimov oçib berdi.
- Badminton sportiga şu kungaça e'tibor berilmay kelinayotgan edi. U, aslida, xalq orasida keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Badmintonni dunyoda futboldan keyingi örinda turuvçi ommaviy sport turlari qatoriga qöşiş mumkin. Markazning oçilişi Özbekistonda badmintonni ommalaştiriş uçun taşlangan ilk qadam böldi. Kelajakda bu sport turini yanada rivojlantirişni maqsad qilganmiz, - dedi A. Abduhakimov.
Tadbir davomida taniqli sport arbobi, FIFA hakami Ravşan Ermatov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
- Bu sport futboldan keyingi ommaviy sport degan sözga töliq qöşilaman. 1-örinda futbol, 2-örinda badminton. Uşbu yangilikni eşitib xursand böldik. Tilagimiz Özbekiston bayroğini köklarga kötaradigan sportçilar safi kengaysin.
Sohada kutilayotgan işlar böyiça hukumat vakillari bilan ham suhbatlaşildi. Jismoniy tarbiya va sport işlari vazirining örinbosari Şarifjon Möminjonov şunday dedi:
- Sportning badminton turiga yurtimizda e'tibor kuçayib bormoqda. Uşbu sport turini rivojlantiriş şaxsan davlat rahbari nazoratida. Yaqin kelajakda maktablarda, sport majmualarida va turli öquv muassasalarida uni keng tarğib etiş rejalaştirilgan.










