28 oktabrda AQŞ içki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen Meksika bilan çegarada barpo etilayotgan devorning 3 kilometrlik qismini tantanali ravişda oçib berdi.
“Çegaradagi devorning birinçi qismi qurilişi yakunlanganini faxr bilan e'lon qilaman”, deb yozgan Nilsen tvitterda. U yangi çegara tizimlarini joylaştirişda yordam berayotgan barça hamkorlar va AQŞ çegara-bojxona xizmatiga minnatdorlik bildirgan.
Meksika bilan çegarada devor quriş taşabbusçisi AQŞ prezidenti Donald Tramp hisoblanadi. U saylovoldi kampaniyasi vaqtidayoq janubiy çegarada devor qurişga va'da berib kelgan va prezident bölgaç, bu rejasini amalga oşirişni boşlagan.












