APL. "MYu" "Everton"ni kichik farq bilan yengdi
APL 10-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘tkazildi.
"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi – 2:1
27-daqiqada Pogba hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada Marsyal oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar safidagi yagona gol 77-daqiqada Sigurdssonning penaltini aniq amalga oshirishi oqibatida kiritildi.
Manchester Yunayted – Everton 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Pogba, 2:0 – 49 Marsyal, 2:1 – 77, penalti Sigurdsson.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Matich, Mata (Errera, 85), Fred (Lingard, 90), Marsyal, Reshford (Lukaku, 65).
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Zuma, Bernard (Lukman, 62), Andre Gomesh, Uolkott (Tosun, 78), Sigurdsson, Risharlison, Guyye (Kelvert-Lyuin, 78).
Ogohlantirishlar: Smolling (20), Guyye (22), Matich (39).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
18:13 / 28.07.2024