Braziliyada prezident saylovlarining 2-turi bölib ötmoqda. Butun mamlakat böylab saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gaça oçiq böladi.
Saylovçilar 7 oktabrda ötgan 1-turda eng köp ovoz töplagan ikki nomzoddan birini tanlaşlari kerak böladi. Prezident lavozimini egallaşga Jair Bolsonaru va Fernandu Addad kuraş olib bormoqda.
1-turda keskin bayonotlari sababli “braziliyalik Tramp” deb ataladigan Bolsonaru 46,2 foiz ovoz, uning raqibi Addad esa 29,1 foiz oovoz töplagan.
2-turning ilk natijalari saylov uçastkalari yopilgandan bir soat keyin ma'lum qilinadi.












