«Real» keça «El-klasiko»da «Barselona»ga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergaç, Yevropa matbuoti jamoa boş murabbiyi Xulen Lopetegining iste'fosi haqida bong ura boşladi.

Xususan, AS tarqatgan ma'lumotga köra, bugun «Real» rahbariyati navbatdan taşqari favqulodda yiğiliş ötkazadi va unda 52 yoşli mutaxassisning iste'fosi haqida qaror qabul qilinadi. Majlis Toşkent vaqti bilan soat 23:00 da boşlanadi.

El Mundo Deportivöning yozişiça, Lopetegining örniga Antonio Konteni olib keliş «Real»ga 10 million yevroga tuşadi. «Qaymoqranglilar» aynan şunça miqdordagi mablağni murabbiyning sobiq klubi «Çelsi»ga tölab berişi kerak. Konte va «köklar» örtasidagi bitim 2019 yil oxirigaça möljallangan va u hali rasman bekor qilingani yöq.

Şu bilan birga, beIN Sports muxbiri Tankredi Palmerining aniqlaşiça, «Real» prezidenti Florentino Peres bugun Antonio Kontening akasi bilan uçraşadi. Yakuniy kelişuvga erişilgan taqdirda bu haqda ertaga rasman ma'lum qilinadi. Ispaniya kubogi doirasida çorşanba kuni bölib ötadigan «Melila»ga qarşi öyinda jamoani «Kastilya» ustozi Santyago Solari boşlab tuşadi.

Avvalroq Tiempo de Juego naşri 49 yoşli italiyalik Misrdagi ta'tilini muddatidan avval tugatib, Londondagi uyiga qaytib kelgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib ötamiz, Xulen Lopetegi şu yilning 12 iyunida «Real» bilan 3 yillik şartnomaga imzo çekkan edi. U bu vaqtda Ispaniya terma jamoasini boşqarib turgan, ammo klub bilan bitim imzolangani ma'lum bölgaç, lavozimidan ozod etilgandi.

Lopetegi «qirollik klubi» ustozi sifatida ilk öyinini UYeFA Superkubogida «Atletiko»ga qarşi ötkazgan va qöşimça bölimlarda ötkazib yuborilgan gollar sabab 2:4 hisobida mağlubiyatga uçragan edi. Ötgan vaqt davomida ispaniyalik mutaxassis klubni 14 öyinda maydonga boşlab çiqib, 6 tadan ğalaba va mağlubiyat, 2 ta durang natija qayd etdi.

La Liganing 10-turidan söng «Real» yetakçi «Barsa»dan 7 oçkoga ortda qolgan holda 9-örinda bormoqda.