Şu yil 8 sentabr kuni Buxoro şahri, K.Murtazov köçasida yaşovçi B.N. Buxoro şahar IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
U şu yil 6 sentabrga ötar keçasi noma'lum şaxs uning uyi eşigini kalit tanlaş yöli bilan oçib kirib, xonasidan 27 mln. söm puli va 6 turdagi zargarlik buyumlarini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Navoiy şahrida yaşovçi J.T. va Ğalaba şoh köçasida yaşovçi muqaddam sudlangan A.K. sodir etganliklari aniqlanib uşlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda.












