Kaliningrad oblasti va Rossiyaning qator boşqa mintaqalari, şuningdek, Belarusda joylaştiriladigan «Samarqand» radioelektron kuraş majmualari (RKM) haqida juda kam narsa ma'lum. Harbiy ekspert Maksim Şepovalenko «Vzglyad» gazetasiga bu vositalar nimalar uçun möljallangan bölişi mumkinligini aytib ötdi.

«Katta ehtimol bilan, «Samarqand» - bu operativ-strategik ahamiyatga ega vosita. U taktik darajada yetkazib beriladigan narsa emas. Bu, ehtimol, armiya yoki okrug darajasidagi vositadir», - deya ta'kidlab ötdi Strategiyalar va texnologiyalar tahlil markazi eksperti, zaxiradagi ikkinçi rangdagi kapitan Maksim Şepovalenko. 

«Barça RKM vositalari duşmanning radioelektron vositalari böyiça işlaydi: aloqa vositalari, navigatsiya, radiolokatsiya. Nurlanadigan barça narsa - bosib qöyiladi», - deya tuşuntirdi Şepovalenko. 

«Bu UKV-diapazondagi radiostansiyalarni tösib qöyiş uçun vosita emas. U birlaşgan qömondonlik halqasida duşmanning boşqaruv vositalari va aloqasini bosib qöyiş uçun RKM tizimidir», - deydi ekspert. Uning ta'kidlaşiça, «Samarqand» böyiça aniq tafsilotlar hali ma'lum emas.

«Umuman olganda, bu qandaydir taktik narsa emas, balki yuqori darajadagi jiddiy öyinçoqdir», - deya hisoblaydi Şepovalenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi 13ta harbiy qismda, xususan Kaliningrad oblastida "Samarqand" radioelektron kuraş majmualarini joylaştirişi xabar qilingandi.