Joriy yilning 27 oktabr kuni Farğona viloyati Furqat tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, şu tumanda yaşovçi R.O. “K.Sodiqov” MFY hududida fuqaro K.S. bilan birga spirtli içimlik iste'mol qilib, örtalarida kelib çiqqan özaro janjal tufayli R.O. Çek-köprik köçasida K.S.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan yaşiringan.
Natijada K.S. şu yerda bölgan ariqqa tuşib ketib, voqea joyida vafot etgan. Körilgan çoralar natijasida R.O. qölga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











