Gruziya Markaziy saylov komissiyasi davlat rahbari lavozimi uçun saylovlarning ikkinçi turini ötkaziş zarurligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, saylovlarning birinçi turida prezidentlikka mustaqil nomzod Salome Zurabişvili 38,6% ovoz töpladi. Şu bilan birga, prezidentlik saylovlari dastlabki turida yakuniy ğalaba uçun ovozlarning 50 foizini oliş kerak.
Ovozlarning 37,75%ini olgan muxolifatdan nomzod, Zurabişvili raqibi Grigor Vaşadze ham ikkinçi turga çiqdi. Ta'kidlanişiça, ma'lumotlar uçastkalardan olingan axborotning 98,25 foizini qayta işlaş yakunlari böyiça olindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gruziyadagi prezidentlik saylovlarida Zurabişvili yetakçilik qilayotgani xabar berilgandi.












