«U e'lon qilindi, ammo hali kelishilmagan. Hozircha hech narsa muvofiqlashtirib olinmagan», - dedi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Putinni Vashingtonga taklif qilgandi.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Vashingtonga taklif qilgan. Bolton Tbilisiga qilgan tashrifi doirasida bunday bayonot bilan chiqdi. «Biz prezident Putinni Vashingtonga taklif qildik», - dedi Bolton.