O‘zbekiston | 16:52 / 29.10.2018
5910
1 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi ba'zi obektlariga olib boruvchi temir yo‘llardan foydalanish «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga berildi

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ba'zi obektlariga olib boruvchi temiryo‘l shoxobcha yo‘llar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga beg‘araz asosda foydalanish uchun berildi.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obektlariga temiryo‘l shoxobcha yo‘llarni qo‘shinlarni operativ va to‘xtovsiz olib o‘tishni tashkil etish, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda poyezdlar xavfsiz harakatini ta'minlash uchun doimiy tayyor holatda saqlash maqsadida qilinmoqda.

Ro‘yxatda 10ta obekt bor. Ular respublikaning turli hududlarida joylashgan.  

Mavzuga oid