AQŞ prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehlining Hindistonga 2019 yil 26 yanvarda Respublika kuni nişonlanişi vaqtida boş mehmon sifatida keliş taklifiga rad javobini berdi.
Hindiston taşqi işlar vazirligi bu holat böyiça hozirça rasmiy izohlar bermagan. Şu jumladan, AQŞning Hindistondagi elçixonasi ham prezidentning xorijiy safarlari böyiça rejalarni Oq uy e'lon qilişini vaj qilib, biror izoh berişdan tiyilgan.
Trampning Hindistonga borişdan boş tortişi haqidagi xabar ikki davlat örtasida bir qator geosiyosiy masalalar, jumladan Eron nefti böyiça ziddiyatlar mavjudligi ortida paydo böldi.
Hindistonda Respublika kuni 1950 yildan – mamlakat konstitutsiyasi kuçga kirgandan beri nişonlanib kelinadi. Hindiston hukumati uşbu bayram munosabati bilan an'anaviy ravişda xorijiy yetakçilarni faxriy mehmonlar sifatida taklif qiladi. Bu mehmonlar öz navbatida özlari bilan paradda iştirok etuvçi harbiylarni olib kelişadi. Misol uçun, 2016 va 2017 yillardagi tadbirlarda Abu-Dabi valiahd şahzodasi Muhammad bin Zoid ol Nahayon faxriy mehmon bölgan.












