Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni 29 oktabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi.
Turkiyada har yili 29 oktabrda nişonlanadigan Respublika kuni 1923 yilda Turkiya respublikasining e'lon qilinişi xotirasiga bağişlab örnatilgan. Şu kuni mamlakat konstitutsiyasiga tuzatişlar kiritildi, oqibatda Usmonli imperiyasi quladi hamda Turkiya respublikaga aylandi.
Respublika kuni har yili Turkiyaning butun hududi böylab nişonlanadi. Bayram tadbirlari, odatda, 28 oktabr kuni tuşdan keyin boşlanadi. Bayram kunida davlat bayroqlari kötariladi, davlat idoralari, öquv muassasalari va maktablarda dam oliş kunidir.












