Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Rossiyada Ravon avtomobillari narxi keskin ko‘tarilishi haqida xabar berdi
O‘zbekistondan avtoulovlar Ufa avtosalonlariga yetkazildi, ammo ular hali xaridorlarga taklif qilinmadi, deb yozmoqda «Rossiyskaya gazeta».
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil narxlari keskin ko‘tariladi: R3 sedanining maksimal komplektatsiyasi uchun diler 1 000 050 rubl so‘raydi, shunga o‘xshash R4 uchun - 1 089 000 rubl. Avval bu mashinalar mos ravishda 579 ming va 629 ming rubl edi.
«Narxlar hali tasdiqlanmagan, shuning uchun avtoulovlarni hozircha sotib olib bo‘lmaydi», - dedi Ufadagi avtosalon menejyeri «RG»ga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, narxlar yuqorida aytilgan miqdorga yaqin bo‘ladi - ya'ni, bir million rubldan oshadi. Boshqacha aytganda, Ravon avtomobillari byudjyet kategoriyasidan chiqadi (Ravon R2 uzoq vaqt Rossiyada eng arzon xorijiy avtomobil bo‘lgan).
«Bu holatda ular xaridorlar uchun qiziqarli bo‘ladimi - bu katta savol. Shuni istisno etib bo‘lmaydiki, ba'zi dilerlar GM Uzbekistan bilan ishlashdan voz kechishadi, ular bunday hamkorlik istiqbolsiz ekanligini tushunadilar», - deya ma'lum qilgan «RG».
Ravon’ning Rossiyadagi vakillari izoh berishmagan. Brendning rasmiy saytida narxlar ro‘yxati yo‘q, sababi «narxlar qayta ko‘rib chiqilmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar to‘rt oydan beri Ravon avtomobillarini sotib ololmayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:39
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026