Olimlarning aytişiça, sayyoramizdagi hamma odamlar ham soğlom ovqatlaniş imkoniyatiga ega emaslar. Ularning aytişiça, zamonaviy qişloq xöjaligi tizimi butun insoniyatning meva va sabzavotlarga ehtiyojlarini qondira olmaydi.

Phys.org portalining ma'lum qilişiça, Guelf universiteti (Kanada) olimlari dunyoda ğalla, yoğ va şakar me'yoridan köp işlab çiqarilayotganini qayd qilişmoqda. Bu orada insonning soğlom ratsioni yarmiga meva va sabzavotlardan, 25 foizga ğalladan va yana şunça oqsil, yoğ va sut mahsulotlaridan iborat bölişi lozim.

Biroq hozir dunyoda bir kişiga parhezşunoslar tomonidan tavsiya qilingan 8 porsiya ğalla örniga 12 porsiya ğalla, 15 porsiya meva-sabzavot örniga 5 porsiya, 3 porsiya moy va yoğ örniga bir porsiya, 5 porsiya oqsil örniga 3 porsiya işlab çiqarilmoqda. Insonga bir porsiya şakar yetsa-da, hozir undan dunyoda 4 marta köproq işlab çiqarilmoqda.