Florida universiteti olimlarining xulosasiga köra, uyqudan avval tvorog iste'mol qiliş nafaqat tana massasining oşişiga olib kelmaydi, balki organizmdagi yoğ miqdori kamayişiga yordam beradi. Ularning tadqiqoti British Journal of Nutrition'da e'lon qilingan.

Amerikalik olimlar tajriba ötkazdilar, uning davomida 20 yoşdan katta bölgan iştirokçilar uyquga 30-60 daqiqa qolganida tvorog iste'mol qilişgan. Ularning xulosasiga köra, uşbu mahsulotni uyqudan oldin yeyiş muşaklar sifatiga ijobiy ta'sir körsatadi, moddalar almaşinuvini tezlaştiradi va umumiy soğliqni yaxşilaydi.

Ularning fikriga köra, bu sekin-asta organizmga kiradigan va barqaror aminokislotalar yetkazib berişga yordam beradigan kazein tufayli yuz beradi. Şuningdek, u oziq-ovqatning termik effektiga ham ta'sir qiladi - organizm ovqat hazm qiliş vaqtida köproq energiya sarflaşni boşlaydi, bu esa hatto uyqu paytida ham kaloriyalarni yoqiş imkonini beradi.