Bugun ixtisoslaştirilgan sudda bölib ötgan munozaralarda davlat ayblovçisi Usmon Örinbosaröğli Aqtöbe oblastida yonib ketgan avtobusdagi 52 nafar yölovçi nima sababdan halok bölganini aniqlagan ekspertiza versiyasini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda «Kazinform».

Ma'lumki, 2018 yil 18 yanvar kuni Aqtöbe oblastida, Samara - Çimkent avtoyölida Özbekistondan bölgan 52 nafar yölovçi ötirgan avtobus yonib ketdi.

Qozoğistonning uç fuqarosi va Özbekistonning ikki nafar fuqarosi omon qoldi. Tergovning körsatişiça, yonğinga kavşar lampa va benzin idişi sabab bölgan, avtobus içidagi yölovçilar ular yordamida isinişga harakat qilişgan.

Şuningdek, avtobus texnik jihatdan nosoz bölgani aniqlandi.

Usmon Örinbosaröğli
Foto: Kazinform

Prokuror Usmon Örinbosaröğlining sözlariga köra, öşa kuni avtobus yölda muzlab qolgan solyarka tufayli buzilgan.

Tergov davomida aniqlanişiça, avtobusning rasmiy haydovçisi faqat Maksat Pernebekov bölgan, Nurjan Kirgizbayevni özi çilangar sifatida yollagan. Barat Tanatov bilan uni Rossiyagaça olib borişga, evaziga esa u avtobus haydaşda yordam berişiga kelişgan.

Muzlab qolgan bakni körgan Maksat Pernebekov avtobus saloniga ertalabgaça uxlaş maqsadida kirib ketgan va boşqa ikki haydovçiga yölovçilar kavşar lampani olişlari hamda köçada ballonlardan birini yoqişlari mumkinligi haqida aytgan. Biroq, tunda salonda bölgan kavşar lampa va benzinli idiş tufayli yonğin yuzaga kelgan.

U. Örinbosaröğlining sözlariga köra, tergov davomida yölovçilar isinib olişi uçun avtobus saloniga kavşar lampani kim olib kirgani aniqlandi.

«Omon qolgan 2 nafar yölovçi - Isoqov va Mirzahmedovning guvohlik berişiça, Nurjan Kirgizbayev salonga kavşar lampani olib kirgan. Texnik ekspertiza lampa ikkinçi va uçinçi qatorlar orasida turganini körsatdi. Yölning qarama-qarşi tomonidan kelgan «Largus» avtomaşinasi haydovçisi öşa tunda avtobus yonida töxtagani va iltimos qilişgani sababli öz benzini bilan bölişganini tasdiqladi.

Ekspert Suleymenov yölovçilarning aksariyati yonğin paytida uyquda bölgani va ular is gazidan halok bölişganini tasdiqladi, sababi inson yonğin paytida uyqudan tura olmaydi va huşiga kelmay vafot etadi», - deydi davlat ayblovçisi Usmon Örinbosaröğli.