«Real» jamoa boş murabbiyi Xulen Lopetegi bilan şartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Direktorlar kengaşining bu qarorga kelişiga jamoaning sönggi vaqtlardagi qoniqarsiz natijalari sabab bölgan. Bugungaça «Kastilya» şuğullantirgan Santyago Solari asosiy jamoada boş murabbiy vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi. Argentinalik mutaxassis 30 oktabrdan öz vazifasiga kirişadi. 

«Real» 28 oktabr kuni La Liga doirasida «Barselona»ga qarşi öynab, 5:1 hisobida mağlubiyatga uçradi.

 Xulen Lopetegi klub prezidenti Florentino Peres davrida eng kam muddat işlagan ikkinçi murabbiy böldi. Bunga qadar 2004 yilda jamoaga ustozlik qilgan Xose Antonio Kamaço tayinlovdan 117 kun ötib öz xohişi bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib ötamiz, Xulen Lopetegi şu yilning 12 iyunida «Real» bilan 3 yillik şartnomaga imzo çekkan edi. U bu vaqtda Ispaniya terma jamoasini boşqarib turgan, ammo klub bilan bitim imzolangani ma'lum bölgaç, lavozimidan ozod etilgandi.

Lopetegi «qirollik klubi» ustozi sifatida ilk öyinini UYeFA Superkubogida «Atletiko»ga qarşi ötkazgan va qöşimça bölimlarda ötkazib yuborilgan gollar sabab 2:4 hisobida mağlubiyatga uçragan edi. Ötgan vaqt davomida ispaniyalik mutaxassis klubni 14 öyinda maydonga boşlab çiqib, 6 tadan ğalaba va mağlubiyat, 2 ta durang natija qayd etdi.

La Liganing 10-turidan söng «Real» yetakçi «Barsa»dan 7 oçkoga ortda qolgan holda 9-örinda bormoqda.

Endilikda «Real»ni Santyago Solari vaqtinçalik boş murabbiy sifatida boşqarib turadi. Ammo u, federal tartibga muvofiq, uşbu maqomda uzoği bilan 15 kun muddat faoliyat yuritişi mumkin. Matbuotda «qaymoqranglilar» rahbariyati italiyalik murabbiy Antonio Konte bilan tezkor kelişuvga erişişning imkonini topa olmagani, tayinlov kelasi haftaga qoldirilişi mumkinligi aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, «qirollik klubi» ertaga Ispaniya kubogi doirasida «Melila» jamoasiga qarşi bahsda maydonga tuşadi. Şundan söng jamoa 3 noyabrda (şanba) «Valyadolid»ni qabul qilsa, 7 noyabr kuni YeÇL doirasida Plzenning «Viktoriya» klubi mehmoni böladi.