Uyqudan oldin tvorog iste'mol qilinişi nafaqat vaznning oşmasligiga olib keladi, balki organizmdagi yoğlar miqdorini kamaytirişga yordam berar ekan. Bundan British Journal of Nutrition naşrida çop etilgan ma'lumotlar darak bermoqda.
Florida universiteti olimlari tajriba ötkazişib, unda 20 yoşdan katta iştirokçilar uyqudan 30-60 daqiqa oldin bir porsiya tvorog iste'mol qilişgan. Aniqlanişiça, uşbu sut mahsuloti muşaklar holatiga yaxşi ta'sir körsatar ekan, moddalar almaşinuvini yaxşilab, soğliqning umumiy holatini yaxşilar ekan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, bu tvorogdagi kazein moddasi evaziga yuz beradi. Organizmga sekin-asta singuvçi uşbu modda aminokislotalarning barqaror yetkazilişini yölga qöyişda yordam beradi. U, şuningdek, oziq-ovqatning termik effektini oşiradi – organizm hazm qiliş jarayonida köproq energiya sarflaydi, bu esa uyquda ham kaloriyalarni yöqotişda yordam beradi.












