2018 yilning 1 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasida böladi. 

TIV xabariga köra, taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi Islomobod şahrida Pokiston boş vaziri Imron Xon bilan uçraşadi.

Şuningdek, taşqi işlar vaziri Mahmud Qurayşiy va Qurolli kuçlarning Quruqlikdagi qöşinlari qömondoni general Qamar Bajva bilan uçraşuv va muzokaralar ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abdulaziz Komilov Özbekiston prezidenti taşrifiga tayyorgarlik köriş uçun Germaniyaga borişi xabar berilgandi.