O‘zbekiston | 03:24 / 31.10.2018
11805
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim qurilish materiallari va ko‘mir importi uchun 2020 yilga qadar imtiyoz taqdim etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Prezidentning mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3479-son qarori bandlariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

Prezidentning PQ–3479-son qarori 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:

  • “2020 yil 1 yanvargacha ichki iste'mol bozorlarida, shu jumladan birja savdolarida egalarining ixtiyoriga ko‘ra cheklovlarsiz sotilishi mumkin bo‘lgan hamda import qilishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xomashyo va materiallar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq ma'qullansin”;

3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:

“2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) mahsulot, xom ashyo va materiallar turlarining ro‘yxati

T/r

Tovar nomi

TIF TN kodi

1.

Tsement, shu jumladan sement klinkeri

2523

2.

Asbest

2524

3.

Qurilish oynasi

7003, 7004, 7005

4.

Yog‘och-taxta va yog‘och-taxta materiallari

4403, 4404, 4406, 4407

5.

Ko‘mir

2701, 2702

Izoh: Asosiy qurilish materiallar, shu jumladan sement klinkeri va asbest, import qilinishida bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno, ishlab-chiqaruvchi korxonalarga o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ham qo‘llaniladi”.

Mavzuga oid