Amerikalik taniqli jinoyatçi Jyeyms “Uayti” Baljyer umrbod qamoq jazosini ötayotgan turmada öldirildi. Bu haqda Boston Globe naşri xabar berdi.
AQŞ sudi 2013 yilda Baljyerni 1970-yillar va 1980-yillar davomida sodir etilgan 11 ta qotillikda aybdor deb topgan. U ötgan asrda Bostondagi Winter Hill Gang jinoiy guruhiga yetakçilik qilgan.
Ta'kidlanişiça, Baljyer yaqinda boşqa turmaga köçirib ötkazilgan. 30 oktabrda 89 yoşli gangster öldirilgan holda topilgan. Uni öldirişda boşqa mahbus gumon qilinmoqda.

Ta'kidlanişiça, aynan Baljyer rejissyor Martin Skorsezening “Adaşganlar” filmidagi boş qahramonlardan biri – irland mafiyasi xöjayini Frenk Kostelloga prototip bölgan. Uşbu film 2007 yilda yilning eng yaxşi filmi sifatida "Oskar" mukofotiga sazovor bölgan.
Baljyer 1994 yilda qoçoqlikda yurganda, AQŞ hukumati uni butun dunyo böylab qidirgan. Uni tutişdagi yordam uçun 2 mln dollarlik mukofot tayinlanib, 10 nafar tutilmagan boş jinoyatçilar röyxatiga kiritilgan. Baljyerni 2011 yilda Santa-Monikada aniqlaşga muvaffaq bölingan. U oxirgi yillar birga yaşagan ayol bilan hibsga olingan.












