Alloh bandasiga bir eşikni öz hikmati bilan berkitsa, öz rahmati bilan unga ikkita eşikni oçadi.
YouTube’da köriş
Facebook’da köriş
Audio versiyasini tinglaş
Buni öz hayotingiz misolida kuzatişingiz mumkin. Ne'matlarni bergan Alloh ularni olib qöyişga ham haqlidir. Alloh kelajakda sizga ziyoni yetişi mumkin bölgan bir ne'matni olar ekan, uning örniga siz uçun keyin ham foydali bölgan bir neçta ne'matlarni köp kuttirmay ustingizga yoğdiradi. Bu ne'matlar şunçalar totli böladiki, ularning zavqida olib qöyilgan avvalgi ne'matni esdan çiqarasiz. Allohning öz bandasiga bölgan muhabbatini namoyon etuvçi bundan ortiq yana qanday dalil kerak?! Sörasak, beradi. Garçi biz Allohning söraganini bermayotgan, ado qilmayotgan bölsak-da. Söraganlarimizga qöşib söramaganlarimizni, söraş xayolimizga kelmaganlarini ham beradi. Söraşdan çarçab qolişimiz mumkin. Ammo Alloh berişdan çarçamaydi.
Yaxşi insonlar misoli boğ. Boğ uçun begona öt bilan gulning farqi yöq.U yaxşi yaxşidan, yomon yomondan rang olişini, begona ötlar özi uçun zararli ekanini bilmaydi. Alloh ana öşa yovvoyi ötlarni yulib taşlaydi. Toki uning örnida toza gullar unib çiqsin. Çunki Alloh özi suygan bandasini pokiza holda körişni istaydi.
Zahiriddin Mansur
Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar















