Best Global Universities jahondagi eng yaxşi universitetlar reytingi tuzildi. Bu haqda uşbu röyxatni tuzib çiqqan U.S. News & World Report naşri xabar bermoqda.
Reytingda birinçi örinni Garvard Universiteti (AQŞ) qölga kiritdi. Ikkinçi poğonada Massaçusetts texnologiyalar universiteti (AQŞ), uçinçi - Stenford Universiteti (AQŞ).
Şuningdek, kuçli önlikdan quyidagi oliy ta'lim muassasalari joy olgan - Kaliforniya-Berkli Universiteti (AQŞ), Oksford Universiteti (Buyuk Britaniya), Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQŞ), Kembrij Universiteti (Buyuk Britaniya), Kolumbiya Universiteti (AQŞ), Prinston Universiteti (AQŞ), Vaşington Universiteti (AQŞ).
Osiyodagi OTMlar böyiça reytingda Singapur milliy universiteti (Singapur) yetakçi. Ikkinçi örinda - Nanyang texnologiyalar universiteti (Singapur), uçinçi - Tsinxua Universiteti (Xitoy). Keyingi poğonalarda - Tokio Universiteti (Yaponiya), Pekin Universiteti (Xitoy), Podşoh Abdulaziz Universiteti (Saudiya Arabistoni), Gongkong Universiteti (Gongkong), Veytsman Universiteti (Isroil), Kyoto Universiteti (Yaponiya), Seul milliy universiteti (Janubiy Koreya).
Röyxatdan Özbekistondan bironta ham oliy ta'lim muassasasi joy olmagan.
Reytingda 60dan ortiq mamlakatdan jami 1250 universitet bor. Ta'lim muassasalarini baholaş 13ta körsatkiçdan iborat böldi, ular: ilmiy maqolalar va ulardan iqtibos keltirişlar soni, ilmiy konferensiyalar va xalqaro hamkorlik.












