Özbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlaştiriş va raqobatni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar ştat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş tadqiqotlari markazi davlat muassasasi taşkil etilmoqda va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

  • respublikada işlab çiqarilayotgan tovarlar (xizmatlar) va tovarlar (xizmatlar) töğrisidagi röyxatni xöjalik yurituvçi sub'yektlarga axborot beriş uçun muntazam yangilanib boriladigan elektron axborot portalini yaratiş;
  • içki işlab çiqariş quvvati, tovarlarga bölgan talab va taklifning hajmlari, şuningdek, içki bozorda işlab çiqarilgan va iste'mol qilinadigan mahsulot bahosidagi özgarişlar yuzasidan ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;
  • tovar bozorlaridagi narxlarning, talab va takliflarning özgariş dinamikasini tahlil va monitoring qiliş asosida tegişli takliflar tayyorlaş;
  • tarmoq bozorlar kon'yunkturasini respublika va hududlar böyiça örganiş asosida ularning muvozanatli rivojlanişi töğrisida takliflar tayyorlaş.