KXDR xorijiy tekşiruvlar uçun Pxungeri poligonini tayyorlaş işlarini boşladi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Bu haqda Janubiy Koreya Demokratik partiyasi kotibi Kim Min Gi xabar berdi.

«Şimoliy Koreya yadrosizlaniş böyiça taşabbus sifatida Pxungeri poligonini yopdi hamda Tonçxanni raketa poligonidagi qator obektlarni buzib taşladi, razvedka faoliyati va xorijiy inspeksiya guruhi taşrifiga tayyorgarlik işlari payqaldi», - dedi Kim Min Gi.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR xalq qurolli kuçlari vaziri örinbosari Kim Xyon Ryon mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun öz majburiyatlarini bajarişda davom etişi haqida ma'lum qilgandi.

«KXDR keskinlikni kamaytiriş va Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinçlikka erişiş maqsadida öz majburiyatlari hamda rolini bajarişda davom etmoqçi», - deya ma'lum qildi u.