Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp Rossiya, Xitoy va KXDR tahdidi sababli razvedka hamda josuslikka xarajatlarni oshirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp razvedka amaliyotlari, jumladan, Rossiya, KXDR va Xitoyga qarshi qaratilgan josuslik faoliyatini moliyalashtirish hajmini keskin oshirdi. Bu haqda Fox News telekanali AQSh Mudofaa vazirligi va Milliy razvedkasi tomonidan e'lon qilingan hujjatlarga asosan xabar bermoqda.
Byudjyet oshirilishi Trampning axborot urushiga nisbatan «tajovuzkor yondashuvi»dan dalolat beradi. Pentagon aynan shundan kelib chiqib yangi kiberxavfsizlik strategiyasini taqdim etdi, AQSh Adliya vazirligi esa kiberxavfsizlik bo‘yicha, jumladan, ma'lumot sizib chiqishining oldini olish uchun manzilli guruh tashkil qildi.
O‘tgan moliyaviy yil davomida AQSh fuqarolik va harbiy razvedka amaliyotlariga 81,5 milliard dollar sarfladi. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 11,6%ga ko‘p, deyiladi materialda. Ulardan 59,4 milliardi MRB, MXA va FQB bo‘linmalarini qamrab oluvchi Milliy razvedka dasturiga ajratilgan. O‘tgan yilgi raqamlar bilan solishtirganda, byudjyet 5 milliard dollarga ko‘paydi.
Bularning bari AQSh sarmoyani ko‘paytirish orqali, o‘zining eng katta raqiblari bilan kiberurushga tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rsatdi, deya ta'kidlanadi materialda.
2016 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida deyarli barchaning kulgisiga qolgan Tramp Xitoy josusligi rus xakerlari kabi jiddiy tahdidga ega ekanini aytgan va kelasi yili, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «buzib kirib bo‘lmaydigan kiberxavfsizlik bo‘linmasi» tashkil etishni taklif qilgandi. Hozirgi xarajatlar uning turli ehtimoliy tahdidlar bo‘yicha eski tashvishlarini ko‘rsatadi.
Razvedka va josuslik faoliyatiga xarajatlar Trampning ehtimoliy kibertahdidlar bo‘yicha uzoq muddatli tashvishlarini aks ettiradi, deya qo‘shimcha qiladi Fox.
Avvalroq, xavfsizlik muammolari bo‘yicha Aspen forumida Milliy razvedka rahbari Den Kouts AQSh tobora ko‘p to‘qnashayotgan qator tahdidlarni belgilab bergandi. O‘z nutqida u Rossiya, Xitoy, Eron va IShID terrorchilik guruhi haqida eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya, Eron va Xitoy targ‘iboti bilan kurashga 40 mln dollar ajratgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026