Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 31 oktabr kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevga Özbekiston Respublikasi bilan Qozoğiston Respublikasi örtasida Abadiy döstlik töğrisidagi şartnoma imzolanganining 20 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yölladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbari qardoş Qozoğiston xalqini tabriklab, uşbu muhim hujjatda umumiy tarix, ma'naviy va madaniy muştaraklik bilan boğlangan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik döstlik, qardoşlik va yaxşi qöşniçilik riştalari mustahkamligi belgilab qöyilganini ta'kidlagan.
Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma hamda Strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va ahil qöşniçilikni mustahkamlaş töğrisida qöşma deklaratsiyaning imzolanişi özaro hamkorlikni izçil rivojlantirişda yangi bosqiç bölgani qayd etilgan.
Qozoğistonda Özbekiston yili doirasida ötkazilayotgan madaniy-gumanitar va işbilarmonlik tadbirlari xalqlarimiz yaqinligining yorqin ifodasidir, deyilgan maktubda.












