30 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Spark» avtomaşinasi çuqurlikka tuşib ketgani aks etgan surat tarqaldi.

Avtomobil Toşkent Halqa yölida, «Mustang» yoqilği quyiş şoxobçasi yonidagi yerusti metrosi uçun möljallangan çuqurga qulab tuşgan.

«Kun.uz» muxbiri vaziyatni örganiş maqsadida voqea joyida böldi. 

Youtube'da köriş

Facebook'da köriş

Haydovçi bu YTHdan jiddiy şikastlanmagan. 64 yoşli Ibodulla Araqovning sözlariga köra, 30 oktabr kuni soat 22:00larda yoqilği quyiş şoxobçasiga kelayotgan vaqtida uşbu çuqurlikka qulagan. U çuqurlik atrofida heç qanday taqiqlovçi yoki töxtaş belgisi qöyilmaganini ta'kidladi.

Ayni vaqtda çuqurlik atrofi panjara bilan örab qöyilgan. Yoqilği quyiş şoxobçasi xodimlarining aytişiça, çuqurlik bir haftadan buyon şu ahvolda bölgan, faqat YTHdan keyin, 31 oktabr kuni atrofi öralgan.

Uşbu hududdagi quriliş işlari «Köprik quriliş tresti» tomonidan olib borilmoqda. Trest mutasaddisi vaziyatga izoh berişni istamadi va jurnalistlarning bu holatni yoritişga haqqi yöq ekanini aytib ötdi.

Avtomobil çuqurlikdan çiqarib olindi va ustaxonaga olib borildi.