«Kun.uz» saytida Rossiyaga Samarqand şahrida joylaşgan «Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazi» orqali qonuniy yöl bilan ketgan 23 nafar mehnat migrantlarining sargardonligi haqida şu yilning 17 sentabr kuni maqola e'lon qilingan edi. Mazkur maqolada Rossiyada turli ovoragarçiliklarni boşdan keçirib, yurtimizga qaytib kelgan muhojirlar murojaati asosida tahririyat tomonidan olib borilgan örganişlar natijasi haqida batafsil ma'lumot berilgan edi.

18 sentabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi saytida uşbu maqola böyiça tekşiruv ötkazilayotgani e'lon qilindi.

Saytimizda uşbu ma'lumotga nisbatan tahririyat munosabat ham bildirildi.

Vazirlik ma'lumotida «qanday sababga köra bölmasin, davlat tomonidan xorijga işga yuborilgan fuqarolarning huquq va manfaatlari har doim nazoratga olinadi, xususan, Samarqand şahridagi «Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarini ketişdan oldin tayyorlaş va jönatiş markazi» tomonidan Rossiyaga işlaş uçun borib, mehnat şartnomasi tugamasidan yurtimizga qaytgan fuqarolar – Abbos Ibodullayev va Ğanijon Ikromovga barça körgan moddiy zararlari tölab beriladi, ya'ni ularning işga ketiş uçun sarflagan xarajatlari qaytariladi. Bu haqida Agentlikka Markaz direktori R.Gusev şaxsan xabar qildi. Şuningdek, iş joyini taşlab, noma'lum manzil böyiça Rossiyada yurgan guruhdagi 7 nafar fuqaroni hozirda izlab topiş işlari olib borilyapti, ularning qayerdaligi aniqlangaç, ular jismoniy jihatdan yengilroq işlarga joylaştiriladi», – deya va'da berilgan.

Youtube'da köriş

Mover'da köriş