KUN.UZ tomonidan “Soğlom hayot” loyihasi davom etadi. Oliy toifali şifokor, kardiolog Kamola Ğulomova bilan miokard infarkti xastaligi, uni keltirib çiqaruvçi omillar va kasallikdan keyingi davr haqida suhbatlaşdik.

Youtube'da köriş

Mover'da köriş (tas-ix)

— Miokard infarkti — ötkir holat, yurak işemik kasalligining klinik şakli, töliq yoki qisman qon yetişmovçiligi natijasida yurak muskul töqimasining (miokard) nekrozi (ölimi) tufayli yuzaga keladi. Bu butun yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilişiga olib keladi va bemorning hayotini xavf ostiga qöyadi. Miokard infarktining asosiy va eng köp tarqalgan sababi — yurak muşagini qon bilan va şunga mos ravişda kislorod bilan ta'minlaydigan toj (koronar) arteriyalardagi qon oqimining buzilişi hisoblanadi. Köpinça bunday buziliş arteriyalar aterosklerozining fonida yuzaga keladi va unda tomirlarning devorida aterosklerotik pilakçalar (blyaşkalar) paydo böladi. Uşbu pilakçalar toj arteriyalari böşliğini toraytiradi va tomir devorlarining şikastlanişiga hissa qöşadi, bu esa tromb va arterial stenoz şakllanişi uçun qöşimça şaroitlarni yaratadi. Miokrad infarkti köp odamlarning hayotiga zomin böladi. Şu bois juda tezkorlik bilan harakat qiliş kerak,- deydi Kamola Ğulomova.

Kamola Ğulomova

Infarkt qayerdan kelib çiqadi?

Işemik kasallik infarktga aylanişi uçun ba'zan heç qanday qözğatuvçi omillar kerak bölmaydi: şunçaki uyqudan uyğonib, örindan turişning özi yetarli. Stress yoki noodatiy jismoniy harakatda yurak xuruji xavfi oşadi.

Bu infarkt ekanini qanday biliş mumkin?

Asosiy belgi — kökrak qafasidagi kuçli oğriq, bu ba'zan çap qöl, çap yelkada ham kuzatiladi. Oğriq har xil böladi: kökrak qafasi siqiladi, qiziydi. Oğriq bilan birga qörquv ham qamrab oladi, inson tinçini yöqotadi.