27 oktabr kuni «Mayskiy» blokpostida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida çegarani kesib ötmoqçi bölgan odam savdosi bilan boğliq jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvçi 28 yoşli Qozoğiston Respublikasi fuqarosi J.U. qölga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Tezkor xabarlarga köra, qölga olingan şaxs uç nafar Özbekiston fuqarolariga: 28 yoşli Lola (ismlar özgartirilgan), 32 yoşli Lobar va 26 yoşli Dilbarga Qozoğiston Respublikasi Olmaota şahridagi massaj salonida işlaşni taklif qilib, katta daromad va'da qilgan. Ammo haqiqatda esa gumonlanuvçi qizlarni çet davlatga noqonuniy jinsiy ekspluatatsiya uçun yuboriş bilan şuğullanardi. 

Qölga olingan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi («Odam savdosi») böyiça jinoiy iş qözğatilgan. 

Olib borilayotgan tergov işlari davomida jinoyat jabrlanuvçilari va boşqa aloqador şaxslar aniqlanadi. Bundan taşqari, tergov davomida qizlarni uşbu şubhali taklifga rozi böliş sabablari ham örganiladi va odam savdosining ehtimoliy jabrlanuvçilariga ijtimoiy-huquqiy yordam beriladi.