Rossiya, Hindiston va Eron Suvaysh kanaliga muqobil transport yo‘lagini yaratmoqchi
Rossiya, Hindiston va Eron noyabrda “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagini ishga tushirishni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali ma'lum qildi.
7,2 ming kmlik yangi transport yo‘lagi temir yo‘llar va suv yo‘llaridan foydalangan holda tashkil etiladi va Suvaysh kanalining arzonroq va qisqaroq muqobili bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Hindistondan mahsulotlar Eronning Fors ko‘rfazi sohillarida joylashgan Bandar-Abbos portiga, so‘ngra Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Bandar-Anzaliga jo‘natiladi. So‘ngra u yerdan dengiz orqali Astraxanga hamda temir yo‘l orqali Yevropaga yetkaziladi.
Yangi yo‘lak vaqtni va yuk tashish qiymatini 30-40 foizga qisqartirishi taxmin qilinmoqda. Misol uchun, ushbu yo‘lak orqali Mumbaydan Moskvaga tovarlarni tashish 20 kunga qisqaradi.
Yangi yo‘l orqali tashiladigan yuk hajmi yiliga 20-30 mln tonnaga baholanmoqda.
Suvaysh kanali O‘rta yer va Qizil dengizlarni bog‘lab, Afrika va Yevrosiyo materiklari o‘rtasidagi shartli chegara hisoblanadi. Hind okeani va Atlantika okeanining O‘rta yer dengizi o‘rtasidagi eng qisqa yo‘l bo‘lib, 1869 yil 17 noyabrda ochilgan. Kanal suv transportiga Yevropadan Osiyoga va ortga Afrikani aylanib o‘tmay borishga ijozat beradi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
11:56 / 06.11.2024