30 oktabr kuni Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga Samarqand şahridagi 10-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisi, 2006 yilda tuğilgan A.Ş.ning çap qöli barmoğiga temir bolt tiqilib qolganligi, uni 8 soatdan buyon çiqara olişmayotganligi haqida xabar kelib tuşadi.
Voqea joyiga yetib borgan viloyat FVB Qutqaruv otryadi bolaning barmoğida qon aylaniş buzilganligi, bolt esa çiqmayotganligiga guvoh bölişadi.


— Bolani zudlik bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga olib bordik. Tibbiyot xodimlari yana bir oz vaqt ötganida, qon aylanişi buzilgani uçun bolaning barmoğini kesişga töğri kelişini aytişdi, — deydi FVB xodimi Ğ.Ravşanov KUN.UZ muxbiriga.
Şundan keyin tibbiyot xodimlari va qutqaruvçilar hamkorlikda harakat qilib, bolaning barmoğidagi boltni maxsus vosita bilan avaylab kesib olişgan.
















