Superligada 28-turdan o‘rin olgan 3ta o‘yin yakunlandi.
«Lokomotiv» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natijadan so‘ng, «temiryo‘lchilar» 36 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi.
«Qizilqum» o‘z uyida «So‘g‘diyona» bilan bellashdi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabadan mahrum bo‘ldi. «Neftchi» ham oxirgi daqiqalarda o‘tkazilgan gol tufayli, qimmatli ochkolardan mahrum bo‘ldi.
Superliga, 28-tur
31 oktabr
«Lokomotiv» - «Metallurg» 1:0
Gol: Anzur Ismoilov (90)
Chetlatish: Zabihillo O‘rinboyev (66, «Metallurg»)
«Neftchi» - OKMK 1:1
Gollar: Andrey Sidorov (14) - Vladimir Bubanya (83)
Chetlatish: Vladislav Kasminin (55, OKMK)
«Qizilqum» - «So‘g‘diyona» 2:2
Gollar: Artur Gevorkyan (23, 83) - Oybek Nurmatov (31), Darvidas Sernas (90+3)

















