Samarqanddagi Uluğbek madrasasida “Hamkorlik, taşabbuslar va innovatsiyalar” mavzusidagi Özbekiston-Rossiya Yoşlar festival-forumi bölib ötdi. Tadbir yoşlar turizmini rivojlantirişda yoşlarning roliga bağişlangan bölib, u Özbekiston yoşlar ittifoqi va Rossiya yoşlar ittifoqi hamkorligida ötkazildi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Saidakbarxon Akbarov yurtimizning sayyohlik salohiyati haqidagi taqdimoti bilan iştirok etdi.
Saidakbarxon Akbarovning KUN.UZ muxbiriga ma'lum qilişiça, Özbekiston-Rossiya yoşlar festivali uç kun davomida Toşkent, Samarqand hamda Buxoro şaharlarida bölib ötgan. Tadbir doirasida ikki mamlakat yoşlari örtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari yölga qöyilişiga erişilgan, şu jumladan turizm sohasida ham.

“Turizm böyiça Özbekistonning 50 dan ziyod turistik kompaniyasi Rossiya turfirmalari bilan özaro şartnomalar tuzdi. Mazkur şartnomalar kelgusida Rossiyadan Özbekistonga sayyohlar yöllanişi hamda, öz navbatida, Özbekistondan Rossiyaga turistlar jönatilişini nazarda tutadi. Samarqandda ötgan tadbir davomida rossiyalik hamkasblarimiz özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilişdi va kerakli ma'lumotlarga ega bölişdi. Forum yakunlariga köra, Samarqanddagi “Ipak yöli” xalqaro turizm universiteti va Rossiya oliy ta'lim muassasalari örtasida hamkorlikka doir memorandumning imzolanişi kutilmoqda. Bu ikki mamlakat talabalarining özaro almaşuv dasturini yölga qöyiş imkonini beradi”, - deydi Akbarov.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosarining sözlariga köra, uşbu forum ikki mamlakat yoşlarining hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş uçun xizmat qiladi.
Ta'kidlaş joizki, bundan avval Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi yoşlar orasida turizmga oid samarali biznes-loyihalar tanlovi haqida e'lon qilgan.
















