Qirğiziston Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi doirasida ortiqça savdo tösiqlari bartaraf etilişini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda 2 noyabr kuni Ostona şahrida, MDH Davlat rahbarlari kengaşining tor doiradagi yiğilişi davomida Qirğiziston boş vaziri Muhammadkaliy Abilğoziyev xabar berdi.

U mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirişning asosiy vositasi bölgan erkin savdo hududi böyiça şartnoma salohiyatidan töliq foydalaniş zarurligini ta'kidladi.

«Barçamiz bilamizki, bu sohada katta foydalanilmagan salohiyat mavjud. Özaro savdo uçun maksimal qulay şart-şaroitlar yaratiş tarafdori bölgan qirğiz tomoni himoya çoralari miqdori bundan keyin qisqarişi hamda savdoda ortiqça tösiqlarni bartaraf etiş böyiça işni davom ettiriş kerak, deb hisoblaydi», - deya ta'kidlab ötdi Muhammadkaliy Abilğoziyev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nazarboyev MDH hukumat rahbarlari bilan uçraşgandi.