«Marokand Kabel Invest» mas'uliyati çeklangan jamiyati «Zamonaviy LED çiroqlari işlab çiqariş» loyihasini yölga qöydi.

Foto: Marokand Kabel Invest

Mazkur loyihaga köra, 2018 yilda korxonaga «Urgut» EIZ direksiyasi DUK «Döstlik» massivi hududidan 2 gektar yer maydoni ajratildi. Uşbu yer maydonida korxonaning öz mablağlari hisobidan quriliş işlari amalga oşirildi.

«Zamonaviy LED yoritgiç çiroqlari işlab çiqariş» loyihasi böyiça keltiriladigan işlab çiqariş dastgohlarini xarid qiliş uçun «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali tomonidan 5 mln 150 ming AQŞ  dollari mikdorida qisqa muddatda kam foizli kredit ajratildi hamda uşbu dastgohlar Xitoy davlatidan olib kelinib, korxonaning mavjud binolariga örnatildi.

Korxona 2018 yilning ikkinçi çoragidan işlab çiqariş faoliyatini boşladi. Loyihaga asosan 100 ta yangi iş örini yaratildi hamda mahalliy aholi iş bilan ta'minlandi.

Hozirgi kunda korxonada 100 turdan ortiq yiliga 2,5 mln. dona elektr energiya sarfini tejaydigan zamonaviy LED yoritgiç çiroqlari işlab çiqarilmoqda.

Işlab çiqarilgan mahsulotlarning 30 foizi qöşni respublikalarga eksport kilinmokda. Mahsulotlarga ikki  yillik kafolat muddati beriladi.

Korxonada kelgusida yangi xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş evaziga işlab çiqariş faoliyatini yanada kengaytiriş va işlab çiqariş quvvatini yiliga 10 mln donaga yetkaziş rejalaştirilmokda. Natijada qöşimça yana 100 ta yangi iş örini yaratiladi.

Prezidentning 2016 yil 26 oktabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollaştiriş va kengaytirişga doir qöşimça çora tadbirlar töğrisidagi» 4853-sonli hamda 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «Ğijduvon», «Qöqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini taşkil etiş töğrisidagi» 4931-sonli farmonlari hamda 2017 yil 10 apreldagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi» Vazirlar Mahkamasining 196-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan taşkil etilgan «Urgut» erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat unitar korxonasi iştirokçisi sifatida «Marokand Kabel Invest» mas'uliyati çeklangan jamiyat korxonasi sifatida röyxatdan ötgan.

Reklama huquqi asosida