Ostonada elektr energiyasi, suv, havo harorati, şamol tezligi va namlik darajasini ölçovçi onlayn-datçiklar örnatiladi. Tengrinews naşri "Astana Innovations" AJ boşqaruv raisi Öljas Sartayevning sözlariga asoslanib, şu haqida ma'lum qildi. 

"Yaqin vaqtda butun şahar böylab datçiklar örnatamiz, şundan söng real vaqt rejimida kerakli ma'lumotlarni olişimiz mumkin. Masalan, elektr energiyasi, suv, yölovçi transportiga doir ma'lumotlar. Şuningdek harorat, şamol datçiklarini örnatiş mumkin - bu qaysi köçalarda yaxmalak bölişini oldindan biliş imkonini beradi. Biz şaharda şunga öxşaş tizimni örnatmoqçimiz. Bularning bari muhokama bosqiçida", - dedi Öljas Sartayev. 

Ma'lum qilinişiça, loyiha bir yil davomida muhokama qilinadi va şundan keyingina amalda tadbiq etiladi. 

"Ob-havo, suv, elektr energiyasi, ekologiya haqidagi ma'lumotlar kelib tuşadi. Bularning barçasi bir joyda töplanib, tahlil qilinişi kerak böladi. Bunday işlar tahdidlarning oldini olişga yönaltiriladi", - qöşimça qildi u.

Bundan taşqari, manbaga köra, poytaxtdagi çiroqlar yangi LED-çiroqlarga almaştirilmoqda. 

"Ular modeliga qarab 10 yil va undan ham köp vaqt xizmat qiladi. Ular kamroq elektr energiyasini iste'mol qiladi va tabiiyki, yoruğligi ham boşqaça. Bugunga kelib taxminan 600 ustundagi çiroqlar almaştirildi. Çap qirğoqda. Umuman olganda esa, 25 000 çiroq almaştirilişi kerak", deyiladi manbada.