Rctestflight laqabi bilan tanilgan videobloger oktokopterga 1000 vatt kuçga ega Freefly Alta (sakkiz piçoqli piçoqlar) LED çiroğini örnatdi.
U töplagan dizayn 90 ming lyumenda yoruğlik oqimini çiqaradi va bu esa havodan noodatiy suratlar olişga yordam beradi. Avvalari bunga öxşaş suratga oliş uçun faqat oğir texnikali vertolyotdan foydalanilgan.
Bu dron batareyada bor-yöği 10 daqiqa işlaydi.
The Verge naşrining qayd etişiça, rctestflight özining asosiy roligida drondagi fon musiqasini ovozli qöşiqqa almaştirib, reallikni özgartirib yuboradi. Aslida bu kabi hajm va quvvatli kvadrokopter juda qattiq ovoz çiqaradi. Buni tasvirdagi videoda ham eşitiş mumkin.
2015 yilda rctestflight «dunyodagi eng yorqin qölda yasalgan portativ fonar» yaratgani bilan tarmoqda maşhurlik qozongandi. Aynan şu ixtironing mukammallaşgan variantini u dronga biriktirgan.

















