29 oktabr kuni «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari, jurnalist Davlatnazar Rözmetov Qöşköpir tumani Ma'muriy işlar böyiça sud qaroriga köra 7 sutkaga qamaldi.
25 oktabr kuni Davlatnazar Rözmetov Qöşköpir tumani hokimligida ötkazilgan keçki yiğilişda qatnaşgan. Şundan söng, tunda u Xiva tumanidagi narkologiya dispanseriga olib ketilgan va ertalab qöyib yuborilgan. 29 oktabr kuni esa xizmat vazifasini ötayotgan paytda, Qöşköpir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganç şahrida uşlangan. Bu voqeani «Jurnalist Davlatnazar Rözmetov nega qamoqqa olindi?», degan maqolamizda yoritgan edik.
Biz Qöşköpir tumani hokimligidagi yiğilişda bevosita qatnaşgan «Nuroniy» xayriya jamğarmasi rahbari Sultonnazir Örozmetov bilan suhbatlaşdik. U quyidagilarni ma'lum qildi.
«25 oktabr kuni Xorazm viloyati hokimining videoselektori böldi. Men ham qatnaşdim. U tugagaç, Qöşköpir tumani hokimi Jörabek Rahimov kiçik majlis qildi. Unda paxta terimida faol iştirok etganlarga yoğ tarqatiş masalasi körildi. Şu payt zalning orqa tomonidan kimdir «Bu oçiq majlismi yoki yopiqmi? Men «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosariman. Agar oçiq bölsa iştirok etaman», degan ovoz keldi. Bu gapni bir neça marta, baqirib, töxtamasdan takrorladi. Şunda men hayron qolib, orqaga ögirilib qaradim va Davlatnazar Rözmetov ekanini kördim. Hokim «Oçiq majlis», deganidan söng, u joyiga ötirdi. Şundan söng, yiğiliş qisqa vaqt davom etdi va uning oxiriga qadar heç qanday janjal yoki yoqalaşuv bölmadi.
Majlisdan söng, Davlatnazar oldimga keldi va biz biroz suhbatlaşdik. Şunda uning sözlari bejo ekanini sezdim, balki şirakayf bölganligidandir, bilmadim. Xullas, uning holatidan hayron böldim. Keyin militsiya formasini kiygan ikki xodim kelib, «Yuring, sizga gapimiz bor», deb Davlatnazarni olib ketişdi, bor gap şu», - dedi Örozmetov.
Davlatnazar Rözmetovning hibsga oliniş tafsilotlarini aniqlaş maqsadida, «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri Erpölat Baxt bilan suhbatlaşdik.
«29 oktabr kuni tuşdan keyin Davlatnazar Rözmetov bilan telefonda suhbatlaşdim. U menga: «Urganç şahridagi xalqaro matematika olimpiadasidaman. Menga militsiya xodimlaridan tinmasdan qönğiroqlar bölyapti, qamab qöyişsa kerak deb xavotir olyapman, nima qilay?», - dedi. Şundan söng, gapi uzilib qoldi va birdan ğala-ğovur boşlanib ketdi. Aloqa uzilmagani va telefonni öçirmagani bois, u yerdagilarning gap-sözlarini eşitib turdim. Davlatnazar militsiya xodimlari bilan tortişib turganini bildim. Şundan söng, aloqa uzildi.











